Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 2-bosqich o’quvchilari uchun, ya’ni bitiruvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiya sinovlari 17-maydan 23-mayga qadar bo’lib o’tishi to’g’risida xabar bergan edik.
Institut akademik litseyida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari to’liq yakunlandi. Bo’lib o’tgan barcha attestatsiya sinovlarining javoblari o’quvchilar uchun e’lon qilindi.
O’tkazilgan sinov jarayonlari an’anaviy tarzda karantin qoidalariga to’liq amal qilingan holda litseyda belgilangan muddatlarda hamda dars xonalarida o’tkazildi.
Eslatib o’tamiz, bitiruvchilarga may oyining oxirida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyini bitirganlik to’g’risidagi diplomlarni berish belgilandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




