Joriy yilning 27-28 may kunlari Namangan davlat muhandislik qurilish institutida “English in English: Improving Teacher and Student Confidence” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish bo’ldi.
Ushbu xalqaro anjumanda Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari ham bevosita ishtirok etishdi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





