#yoshlar_festivali

Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida joylarda bir nechta tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Buyuk bobokalonlarimiz sohibqiron Amir Temur, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda Mirzo Ulugʻbek bobolarimiz haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimlari boʻlib oʻtmoqda.

Xususan Samarqand davlat chet tillar instituti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etishmoqda. Mirzo Ulugʻbek bobomiz haykali poyiga yosh arxitektorlar, yosh fiziklar, yosh ixtirochilar, yosh dasturchilar, olim va mutafakkirlar tomonidan gulchambarlar qoʻyildi va hurmat bajo keltirildi.

Festival davom etadi...
 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-11 10:30:00 110