Samarqand viloyatida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida umumta’lim fanlaridan, ya’ni nemis hamda fransuz tili fanlaridan viloyat hokimi fan olimpiadasi bo’lib o’tdi.
Olimpiadada viloyatdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining tuman (shahar) Xalq ta’lim bo’limi tomonidan tavsiya etilgan 10-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Bunda o’quvchilarga 40 ta javobi tanlangan test topshiriqlari berildi. Testning har bir javobi uchun 2,5 ball berildi. Test topshiriqlari umumiy hisobda 100 ball bilan baholandi.
Olimpiada natijalariga ko’ra,
10-sinf nemis tili bo’yicha
1-o’rinni Muhiddinov Shuhrat (Samarqand shahri),
2-o’rinni Davronov Dilshod (Samarqand shahri),
3-o’rinni Tohirova Sevara (Samarqand shahri) egalladi.
10- sinf fransuz tili bo’yicha
1-o’rinni Mamasoliyeva Mahzuna (Bulung’ur tumani)
2-o’rinni Vahobova Sevinch (Urgut tumani)
3-o’rinni Toliboteva Munisa (Ishtixon tumani) egalladi.
11-sinf fransuz tili bo’yicha
1-o’rinni Yoqubova Nilufar (Samarqand shahri)
2-o’rinni Qurbonova Munisa (Bulung’ur tumani)
3-o’rinni Ziyadulen Daler (Samarqand shahri) egalladi.
11 sinf nemis tili bo’yicha
1-o’rinni Inatulen Ozoda (Samarqand shahri)
2-o’rinni Nematullayeva Mashhura (Paxtachi tumani)
3-o’rinni Isroilova Fotima (Ishtixon tumani) egalladi.
Fan olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarning barchasi diplom hamda qimmatbaho sovg’alar, ya’ni Samsung telefonlari, kitoblar jamlanmasi, shuningdek, kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilar 24 ta nominatsiya bo’yicha diplom va esdalik sovg’alariga loyiq deb topildi va sovg’alar o’z egalariga topshirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain














