O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-kuni qabul qilingan “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 31-sonli qarorlariga muvofiq bugun, 15-iyun kuni Samarqand viloyatidagi Samarqand iqtisodiyot va servis hamda Samarqand davlat chet tillar institutlarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilarining xalqaro til bilish darajasini aniqlovchi milliy sertifikatni olishlari uchun imtihon jarayonlari o’tkazilmoqda.

Jarayon Davlat test markazi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, ikki kun davom etadi. Sinov jarayonlarida mutaxassis hamda nomutaxassis fanlari professor-o’qituvchilari ishtirok etishmoqda. Mutaxassislik fan o’qituvchilari B2, C1 hamda C2 darajasini beruvchi sertifikatlar bo’yicha imtihon topshirishsa, nomutaxassislik fan o’qituvchilaridan B1 darajasini beruvchi sertifikatlar bo’yicha imtihon olinadi.

Imtihonlar davomida xorijiy til o’qituvchilari tinglab tushunish, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalari bo’yicha sinovdan o’tadilar. 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-06-15 09:35:00 118