O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-may kuni qabul qilingan “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli qarorlariga muvofiq bugun, 15-iyun kuni Samarqand viloyatidagi Samarqand iqtisodiyot va servis hamda Samarqand davlat chet tillar institutlarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha milliy sertifikatni olishlari uchun imtihon jarayonlari o’tkazildi.
Imtihon jarayonlari Davlat test markazi, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorligida tashkil etilib, bunda mutaxassis fanlari o’qituvchilari B2, C1 darajasini beruvchi sertifikatlar bo’yicha imtihon topshirishsa, nomutaxassislik fan o’qituvchilaridan esa B1 darajasini beruvchi sertifaklar bo’yicha imtihon olindi.
Imtihonlar davomida o’qituvchilar til bilish darajasini aniqlashda tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish kabilar borasida sinovdan o’tishdilar.
Eslatib o‘tamiz: Imtihonlar sinovlaridan maksimal ballning 60 foizi va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilar muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







