Muhtaram Prezidentimiz 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat miqiyosida oliy taʼlim tizimida katta oʻzgarishlar boʻlishini maʼlum qilib, bergan qator vazifa va koʻrsatmalari, shuningdek, 2021-yil 19-may kuni qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Narpay tumanidagi Narpay xizmat ko’rsatish texnikumida (hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti huzurida) Samarqand davlat chet tillar institutining “Mintaqa til o‘qitish markazi” filiali ochildi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad chekka hududlardagi yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga qamrovini oshirish, chekka tumanlarda istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlarning oliy o‘quv yurtida o‘qishi uchun imkoniyatlar yaratishdir.

Shuningdek, ushbu markaz hozircha 200 dan ortiq abituriyentlarni o’qitishga, tayyorlab chiqarishga moslashdi. Bunda xorijiy tillar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, aniq va tabiiy fanlar 10 dan ortiq tayyorlav mahoratiga ega tajribali o’qituvchilar tomonidan o‘qitiladi. Abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Jumladan zamonaviy jihozlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, kompyuterlar hamda barcha o’quv adabiyotlari bilan ta’minlandi.

Kelgusida yangi ochilgan mazkur “Mintaqa til o‘qitish markazi” Narpay filialida o‘quvchi-yoshlarni IELTS va SEFR xalqaro hamda milliy sertifikatlarga o‘qitish kurslari ham tashkil etiladi. Ushbu samarali ishlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad yoshlarga qulaylik yaratish hamda yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochishdir.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-06-18 18:00:00 121