Bugun, 22-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan o’rinbosarlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Jarayon davomida 2021/2022 o’quv yili qabul jarayonlariga tayyorgarlik bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqildi. Qabul komissiyasi tarkibining e’lon qilinishi, komissiya tarkibidagi har bir xodimga bajaradigan vazifalarining batafsil tushuntirilishi, jarayonning muntazam OAVlarida yoritilib borilishi, xorijlik talabalar institutda tahsil olishlari uchun targ’ibot-tashviqot ishlarini o’tkazilishi shular jumlasidandir.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida qabul jarayonlarini muvaffaqiyatli o’tkazish, abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga yengillik yaratish maqsadida institutda “Maslahatlar markazi” va “Call-markaz”lar tashkil etildi.
Call-markaz telefon raqamlari quyidagilar. Ish vaqti Dushanbadan-Jumagcha 9:00 dan 17:00 gacha, Shanba kuni 9:00 dan 14:00 gacha.
Ushbu raqamlar orqali Samarqand davlat chet tillar instituti qabul jarayonlari bilan bog’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





