Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Samarqand “Ilmli qizlar” klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu klub Samarqand viloyat hokimligi hamda Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida ilk tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyatda xotin-qizlarning ishtirokini oshirish, ularni har taraflama bilimli bo‘lishlariga ko‘maklashish, rahbarlik lavozimlariga tayyorlash orqali jamiyatda gender tengligini ta’minlashdan iborat.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Samarqand viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Behzod Raxmatullayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali rahbari Rustam Qobilov, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda 50 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Yangi tashkil qilingan klubni boshqarish institutning Roman-german tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Farangiz Xudoyorova zimmasiga yuklatildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar mutasaddilarga o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilishdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbir so‘nggida talaba-qizlarga hokimlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain



















