Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, biz bu yo‘lda siz yoshlar uchun ulkan ishlarni amalga oshirishni o’zimizning asosiy vazifamiz deb belgilaymiz.
Yurtimizning aziz yoshlari, sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman va ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda kuch-quvvat tilayman.
Zokir Bazarov,
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

