Institut rektori I.M.Tuxtasinov joriy yilning 28-sentabridan 2 oktabrigacha bo‘lgan muddatda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda hamkor oliy ta’lim muassasalari sonini oshirish maqsadida Fransiya Respublikasining bir qator universitetlarida xorijiy xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

1-2 oktabr kunlari Fransiyaning Quyi Normandiya Kan Universiteti (Université de Caen Normandie, UNICAEN)ga tashrif buyurib, universitet prezidenti professor Pier Deniz, xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti professor Benua Veron bilan hamda Versal Akademiya va Serji Pontuaz Universitetida O‘qituvchi va professorlar oliy maktabi (ÉSPÉ de l'Académie de Versailles de Université Сergy-Pontoise) rahbariyati Izabell Lerua va Lyuk Dall'Armellinalar bilan uchrashib, hamkorlikda magistratura mutaxassisligida talabalar almashinuvini va qo‘sh-diplom dasturini yo‘lga qo‘yish, PhD va DSc doktorant hamda ilmiy tadqiqodchilariga Fransiya universitetlari olimlari va mutaxassislarini ilmiy maslahatchilik, opponentlik va taqrizlar berishga jalb qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, hamkorlikda xalqaro ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etish, ilmiy maqolalar chop etish, PhD va DSc doktorant hamda tadqiqodchilarining hamkorlikda ilmiy izlanishlar va ilmiy almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Share:
2018-10-05 14:30:00 89