Samarqand davlat chet tillar institutining magistratura mutaxassisliklariga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fanidan bo’lib o’tayotgan imtihonlarning 15-avgust kunidagi 3 navbat imtihonlari ham yakuniga yetdi.
3 navbat(smena)dagi imtihonlar “Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” hamda “Lingvistika (ingliz tili)” mutaxassisliklari uchun o’tkazilib, unda 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 21-guruhdagi abituriyentlar test topshirishdi.
Bugun bo’lib o’tgan imtihon jarayonlariga jami bo’lib 268 nafar abituriyent qatnashishi belgilangan edi. Ammo 34 nafar abituriyent imtihonga kelmadi, shu sababli 234 nafar talabgorlar imtihon jarayonlarida ishtirok etishdi.
Jarayonlar shaffofligining ta’minlanganligiga guvoh bo’lish maqsadida ota-onalar ichidan tanlangan vakillar ham imtihon o’tkazilayotgan auditoriyalarga kuzatuvchi sifatida kiritildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain









