Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov Samarqand shahridagi 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Jumladan, tadbir doirasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tashkil etildi.

Tadbir so'ngida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan darsliklar, ingliz tilidagi lug‘atlar, testlar, ingliz tili bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar, esdalik sovg‘alar ulashildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-08-25 18:30:00 126