Joriy yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Bu haqida Alisher Saʼdullayev maʼlum qilmoqda.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur maʼlumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

Prezident saylovi—kelajak tanlovi!

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Share:
2021-09-16 15:00:00 115