Bugun, 23-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Habiba Jabborova talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Talabalar bilan suhbatlashish chog’ida o’quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo’lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashish kerakligi, shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilishning tartib-qoidalari to’g’risida batafsil tushunchalar berib o’tdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




