Har yili an’anaga aylangan va har oyda o’tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bu – talabalar turar joyida istiqomat qiladigan о‘g‘il-qizlarimiz uchun tashkil qilingan xayrli ishlardir.
Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o’quv yili, ya’ni 2021/2022 o’quv yili ham boshlandi. O’quv yilining muvaffaqiyatli davom etishi, shuningdek, muvaffaqiyatli yakunlash munosabati bilan kuni kecha, 24-sentabr kuni institut rahbariyati tashabbusida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarga osh tarqatildi.
Bunday xayrli ishlar institutda muntazam o’tkazilib kelinadi. Kо‘rsatilgan ushbu saxovat yoshlarning kechki dasturxoniga о‘ziga xos tuhfa bо‘ldi. Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar mamlakatimiz kelajagi bо‘lgan о‘g‘il-qizlarni mehr-oqibatli, saxovatpesha, о‘zlari tug‘ilib о‘sgan shu muqaddas zaminga munosib avlodlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
SamDCHTI Axbort xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





