1. 09.00.03 – “Falsafa tarixi”;
2. 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa”;
3. 10.00.01 – “O‘zbek tili”;
4.10.00.04 – “Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ;
5. 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”;
6. 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”;
7. 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”;
8. 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chet tillari);
9. 13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha)” ixtisosliklari bo‘yicha – stajyor tadqiqotchilikka, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka.
Tayanch doktoranutraga kirish uchun imtixonlari 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kiruvchilar mutaxassislik bo‘yicha suhbat asosida tanlab olinadi.
TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRUVCHILAR QUYIDAGI FANLARDAN IMTIHON TOPSHIRADILAR:
– Chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rgangan xorijiy til);
– Mutaxassislik.
STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA KIRUVCHI NOMZODLAR QUYIDAGI TALABLARGA JAVOB BERISHI LOZIM:
– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi lozim.
TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRUVCHI NOMZODLAR QUYIDAGI TALABLARGA JAVOB BERISHI LOZIM:
– magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi;
STAJYOR-TADQIQOTCHILIK VA TAYANCH DOKTORANTURADA O‘QISHGA TALABGORLAR QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETADILAR:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomlari + ilovalari;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (tasdiqlangani), shuningdek ularning nusxalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2021-yil 15-sentyabrdan 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93 uy.
Telefonlar: 238-29-42
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain
