Bugun Samarqand shahridagi Mo'jiza amfiteatrida “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Tadbir ochilishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand davlat chet tillar institutiga eng yuqori ball bilan Prezident tomonidan ajratilgan davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan Marjona Saidovani qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o'qituvchilari hamda talabala-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain










