O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayonlariga ham ko‘plab xorijlik mutaxassislar jalb etilmoqda.
Shu jumladan, joriy yilning 4-oktabr kuni yaponiyalik yapon tili mutaxassisi dotsent Kameda Toshiyuki Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov qabulida bo’ldi. Tashkil etilgan uchrashuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.
Kameda Toshiyuki mazkur o’quv yili davomida dars mashg’ulotlarini davom ettirish bilan birgalikda yapon tili bilan bog’liq ochiq darslar va to’garaklar ham tashkil etadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




