Kuni kecha, 11-oktabr kuni "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi H.Jabbarova, “Pedagogika-psixologiya” kafedrasi dotsenti D.Begmatova, Samarqand viloyati "Ilmli qizlar" klubi a'zolari, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutining faol talaba-qizlari o'rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida qizlarga "Global fuqarolik", "Rahbar xotin-qizlar imidji", "Kelajak liderlari – yangi avlod kadrlari", "Ilmli qizlar – mamlakat taraqqiyoti, oila mustahkamli demakdir", "Qizlar motivatsiyasi: biz baxtli bo'lish uchun tug'ilganmiz" mavzularida taqdimotlar qilindi, videoroliklar namoyish etildi. Jarayonda faol ishtirok etgan talaba-qizlarga kitob sovg’a qilindi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain






