Kecha, 24-oktabr kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovi jarayonlarini kuzatish maqsadida kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan YUNESKOning “Buyuk ipak yo’li” xalqaro dasturi prezidenti Jose Maria Chikiyo Barber Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.  

Uchrashuvda Ispaniyaning nufuzli universitetlaridan bo’lgan, xalqaro reyting bo’yicha birinchi 100 talikka kirgan Cervantes Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha amaliy yordam berish taklifi Jose Maria Chikiyo Barber tomonidan olg’a surildi. Universitet bilan talabalar hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, talabalar uchun turli xil grant va loyihalarni joriy qilish, shuningdek, o’quv jarayonlariga malakali xorijlik mutaxassislarni jalb etish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-10-25 14:25:00 122