Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutining asosiy binosi yonidan 3 qavatli Axborot-resurs markazi binosini qurish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda ishlar jadal sur'atlarda davom etmoqda. Qurilajak ushbu binoda Media-markaz ham tashkil etiladi.
Binoning qurilish ishlari yakunlanishi hamda ochilish marosimi o’tkazilib, foydalanishga topshirish rejasi 2022-yilda yangi o’quv yilining boshlanishiga belgilanmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarining barchasi, albatta, institut talabalarining sifatli ta’lim olishi va professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchundir.
Bugun, 8-noyabr kuni tong saharda Samarqand davlat chet tillar institutining 27 yoshga to’lganligi munosabati bilan hamda Axborot-resurs markazining qurilish ishlari samarili davom etib, muvaffaqiyatli yakunlanishi yo’lida qo’y so’yilib, institut jamoasi va mahalla oqsoqollari ishtirokida Xatmona duosi o’qildi. Shuningdek, katta qozonga osh damlanib, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlarga tarqatildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








