O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar institutida 30 dan ortiq xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda va ular ishtirokida xorijiy tillarni mukammal ravishda o‘rgatadigan xorijiy til to‘garaklari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, institutining Sharq tillari fakultetida talabalar uchun xitoy tili bo‘yicha “Xattotlik san’ati” to‘garagi ish boshladi. Dastlab, fakultet dekani D.Jo‘rayev yig‘ilganlarga to‘garakning maqsad-vazifalari to‘g‘risida gapirib o‘tdi hamda birinchi mahorat darsini institut qoshidagi Konfutsiy instituti direktori, xitoy tili o‘qituvchisi Li Chenxu boshlab berdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-12-14 13:25:00 134