“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida Samarqand shahrida “Chet tillar” forumi ham tashkil etildi. Mazkur forumda nafaqat samarqandlik yoshlar, balki respublikamizning turli viloyatlaridan o‘quvchi va talabalar ishtirok etishmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutida Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori o‘rinbosari A.Husanov, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i M.Soliyev hamda institut rektori I.To‘xtasinovlar ishtirokida Forumni yanada samarali tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini amalda bajarilishini ta’minlash, Forum davomida xorijiy va mahalliy ekspertlar va mutaxassislar takliflari asosida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Forumning bir qismi sifatida institutda “Xorijiy tillarni o‘qitishda axborot kommunikatsion vositalarning ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda faol ishtirok etgan qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain










