Bir necha kunlardan so‘ng barchamiz intiqlik bilan kutayotgan Yangi yil bayrami ohista qadamlar bilan eshik qoqadi.
Shu munosabat bilan, bugun, 22-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillar fakulteti hamda institut qoshidagi Konfutsiy instituti tomonidan ''Yangi yilning yangicha sehri'' deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida institut mutasaddilari barcha o‘qituvchi va talabalarga bayram tabrigini o‘qib eshittirib, o‘zining eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
Bayram davomida fakultetning faol talabalari ijrosida milliy raqslar, turli millatga xos bo‘lgan bayramona chiqishlar, qiziqarli intellektual o‘yinlar, shoular va QVZ jamoasining ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi.
Shuningdek, institut Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan ijro qilingan xitoycha raqs barchaga manzur bo‘ldi. Bayram so‘ngida talabalarning ''Yangi yil'' haqidagi qo‘shig‘i yana bir bor yangi yilga oz fursatlar qolganligini yodga soldi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain










