Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz tili-II fakultetida Yangi yil bayrami keng miqiyosida nishonlandi. Bayram tadbirini o’quv ishlari bo’yicha prorektor Fazliddin Ro’ziqulov kirish so’zi bilan ochib berdi va barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda quyidagi misralar bilan o’z tabrigini butun jamoaga ifoda etdi.
Yangi tilak, yangi umid, yangi kunda,
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda.
Yana bir yil nihoyasi qutlug‘ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo‘ying, do‘stlar!
Bayram tadbirida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va bakalavr talabalar, butun institut jamoasi ishtirok etishdi. Tadbirda Qorboblar va qorqiz chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, turli xil intermediyalar, raqs va qo‘shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi.
Tadbir so‘ngida bayramni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan va sahnada faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








