Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 5-son yig‘ilishi bugun, 29-dekabr kuni institut Majlislar zalida o‘tkazildi. Kengash kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari,
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasidan kelib chiqib institut jamoasi oldida turgan vazifalar,
3. Institutda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat Dasturi asosidagi rejalarning bajarilishi,
4. 2021/2022 o‘quv yili uchun talabalar qabulining yakuni,
5. Institut doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarning attestatsiyasi yakunlari,
6. Tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka 2022-yil uchun qabul yakuni, ularning mavzulari va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlash,
7. Pedagogik va tarjimonlik amaliyotlarining yakuni,
8. 2021/2022 o‘quv yili Yakuniy davlat attestasiya sinovlari, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik,
9. Institutda 2021-yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuni bo‘yicha konferensiyalar hisoboti kabi masalalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda "Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlarining mazmun-mohiyati Samarqand davlat chet tillar instituti rektori tomonidan institut jamoasiga yetkazildi.
Jarayon davomida ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain










