7-noyabrda institut bosh binosida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Fakultet dekani B.Odilov, dekan o‘rinbosari U.Xusanov, kafedra mudiri D.To‘rayeva guruh murabbiyi I.Bayonxonova fan o‘qituvchilari Sh.Bazarova, S.To‘raqulova, Sh.Eshimova, D.Bahranova hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Ota-onalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda institut va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Talabalarning institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, dars jarayonidagi ishtiroki, ijarada turuvchi talabalarning ota-onalari o‘z farzandlarini nazorat qilishi kabi masalalar masalalari asosiy mavzulardan bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv yakunida ota-onalar farzandlarining taqdiriga befarq bo‘lmasdan shunday uchrashuvlarni tashkil qilganligi uchun institut ma’muriyati o‘z minaddorchiliklarini bildirishdi.

Share:
2018-11-08 16:00:00 89