Joriy yilning 20-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Samarqand davlat chet tillar institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining tashabbusi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Xitoy madaniyati kuni” nomi ostida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Konfutsiy instituti direktori Zang Li, xitoylik xitoy tili mutaxassislari Bi Fengyun, Li Chen, akademik litsey direktori o‘rinbosari A.Qodirov, fakultetning “Yaqin sharq tillari” kafedrasi mudirasi S.Bekniyazova, fakultet dekan o‘rinbosari U.Xusanov, SamDChTIning “Xitoy tili” yo‘nalishi guruh murabbiylari O.Tilovov, Sh.Norbo‘tayev, B.Sattorov, H.Tugalovlar hamda institut va akademik litsey talabalar jamoasi ishtirok etdilar.
Tadbir davomida institut va akademik litseyning “Xitoy tili” yo‘nalishi talabalari birgalikda turli xil xitoycha-o‘zbekcha milliy raqs va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali xitoy tili hamda madaniyatini qay darajada o‘rganganliklarini ko‘rsatib berishdi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





