O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-dekabrdagi 279-K sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori etib G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich tayinlandi. G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich shu kunga qadar
1996-2000 yy.– Samarqand davlat universiteti talabasi
2000-2002 yy. – Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichi talabasi
2002-2005 yy.– Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti aspiranti
2005-2006 yy.–Samarqand davlat universiteti “Falsafa” kafedrasi assistenti, tarix-falsafa fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2006-2007 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasi dotsenti, tarix-falsafa fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekani o‘rinbosari
2007-2009 yy.O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti
2009-2011 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasi dotsenti
2011-2013 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi dotsenti, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o‘quv ishlari dekan o‘rinbosari, o‘rindoshlik asosida Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti
2013-2014 yy.– Samarqand davlat universiteti “Siyosatshunoslik. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori v.b., o‘rindoshlik asosida Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori v.b.
2014-2015 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri, o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2015-2017 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektori
2017-2018 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori
2018-2018yy.– Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori
2018-yy. – Samarqand davlat chet tillar instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori kabi o‘rinlarda faoliyat yuritgan.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain

