Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi faollar zalida 14-fevral kuni Z.M.Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Vatan hijronida yongan shoh” mavzusida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbir litsey ona tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Zamira Tosheva hamda kafedra o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda adabiyotshunos, boburshunoslar, institut professor-o‘qituvchilari, litsey o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida litsey talabalari tomonidan tayyorlangan milliy raqslar, g‘azal va ruboiylar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Share:
2019-02-15 14:10:00 91