2019-yilning 18-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Koreyaning Koreya milliy universiteti, Hanyang universiteti, Sungkyunkwan universiteti, Dankook universiteti, Suwon universiteti, Soongsil universiteti hamda Koreya Ijtimoiy axborot-media jamiyati vakillaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurishdi.
Delegatsiya a’zolari bilan institut rektori I.Tuxtasinov, prorektor F.Ro’ziqulov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan va ta’lim sohasida, shuningdek, xalqaro jurnalistika sohasida hamkorlik o’rnatish yuzasidan fikr va takliflar almashinildi.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




