Samarqand davlat chet tillar institutida fakultetlar o‘rtasida “Navro‘z – umumxalq bayrami” munosabati bilan 2019-yil 15-mart kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” sport majmuasida yengil atletika sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa 100 m, 200 m, 400 m, 800 m, 3000 mga yugurish, 4x100 mga estafeta yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, yadro itqitish kabi turlaridan bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra umumiy hisob bo‘yicha I o‘rinni Roman-german tillari fakulteti, II o‘rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, III o‘rinni Ingliz tili fakulteti egalladilar.
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





