2018 yil 7 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institut akademik litseyi faollar zalida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida bayram dasturi o‘tkazildi.

Tadbirni institute rektori I.Tuxtasinov ochib, o‘tganlar yodini esda saqlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish avlodlar uchun ham qarz, ham farzligini hech qachon unutmasligimiz lozimligi, xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgani, “Xotira va qadrlash kuni” o‘z mohiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qilishi, u olamdan o‘tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasini hurmat qilish ham ekanligi, nafaqat urush ortida mehnat qilgan, shu bilan birga ko‘p yillar mobaynida biz bilan birga institutimizda faoliyat ko‘rsatgan va hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlarimizni qadrlash, ularni e’zozlash, ularning holidan xabar olib turish, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, qariyalarimizni qadrlash avlod-ajdodlarimizning o‘zaro bog‘liqlik rishtasini mustahkamlaydigan an’anaviy qadriyatlarimizga aylanishi lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng yig‘ilganlarga institutda ko‘p yillar mehnat qilgan va vafot etgan o‘qituvchi-xodimlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi. Film namoyishidan so‘ng yig‘ilganlarga talabalarning badiiy chiqishlari va kuy qo‘shiqlar havola etildi. Tadbirda faxriylarga anvoyi gullar va esdalik sovg‘alar berib, bayram tadbiridan so‘ng institutimizda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan va ayni paytda faoliyat olib borayotgan 60 ga yaqin faxriy professor-o‘qituvchilar, shuningdek, mehnat faxriylari hamda Afg‘on urushi qatnashchilariga bayram dasturxon yozilib bir piyola choy ustida suhbatlashildi.

Share:
2018-05-07 18:40:00 77