2019-yil 4-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Samarqand shahar Damariq jome masjidi vakili N.Abdumannonov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi M.Tojiboyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi vakili M.Sattarov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari v.b. A.Shaxlasovlar ma’rifiy suhbatga tashrif buyurdilar.
Tadbirni SamDChTI Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi va yurtmizda turli din vakillarining birgalikda ahil-inoq hamda bir oilaning farzandlari kabi tinch-totuv yashab kelayotgani ota-bobolarimizdan qolgan qadriyat ekanligini aytib o‘tdi.
2019-04-06 08:35:00
88
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





