2019-yil 7-may kuni mustaqil izlanuvchi Ro‘ziyev Yarash Bozorovich “Nemis tili zamon shakllari transpozitsiyasining pragmastilistik xususiyatlari” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy metodologik seminarda chiqish qildi.
Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Seminar so‘ngida professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha savollar berildi va ma’ruzachi tomonidan javob berildi, shuningdek, soha olimlari tomonidan falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

Share:
2019-05-07 18:35:00 90