2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va muhtaram Prezidentimizning “Yoshlarga oid davlat siyosati” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24-may kunida O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari o‘rtasida “Maqsadimiz – islohatlarda faol ishtirok etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Bunda talabalar “Adolat” SDP tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda partiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

Share:
2019-05-24 16:05:00 83