Mustaqil O‘zbekistonimizning 28 yilligi munosabati bilan Respublika miqiyosida 17-18 avgust kunlari “Umumxalq xayriya hashari” o‘tkazilmoqda. Mana bugun 2019-yilning 18-avgust kuni ham Samarqand davlat chet tillar institutida xayriya hashari fidoiylik bilan tashkil etilmoqda. Institut rektori I.M.Tuxtasinov boshchiligida xayriya hasharida 300 dan ziyod professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar, shu jumladan, rahbariyat hamda talaba-yoshlar ham  faol ishtirok etishmoqda. 

Samarqand davlat chet tillar instituti hududida  xodimlar va  professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida hududlar begona o‘tlardan, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalaridan tozalandi hamda daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatilib yangidan gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Barcha o‘quv binosi va talabalar turar joyining tashqi va ichki tomonlarida  tozalik va ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Institut hovlisida barpo qilinayotgan “Lingvopark” hududida ham bir qancha hashar ishlari amalga oshirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

Share:
2019-08-18 13:35:00 93