Samarqand davlat chet tillar institutida Janubiy Koreya, AQSH hamda Rossiya OTMlari bilan hamkorlikda 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavriat va magistraturada tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga bo‘lib o‘tgan qabul jarayonlari hamda shunga doir xabarlarni oldingi yangiliklarimizda ommaga havola etib bordik.
Ma’lum qilamizki, magistratura ta’lim bosqichida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat ilmiy tadqiqot milliy universiteti hamkorligida lingvistika: ingliz tili (25 nafar) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. 2019-yilning 15-avgust kuniga qadar qabul jarayonlari davom etdi.
Mana bugun 2019-yilning 21-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat ilmiy tadqiqot milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan lingvistika: ingliz tili (25 nafar) ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain





