– Bundan yigirma yil oldin kitobda Samarqand haqida o‘qib, shundan buyon Samarqandga kelishni orzu qilardim. “Sharq taronalari” festivali sababli dunyoning eng qadimiy va go‘zal shahriga kelganimizdan juda xursandmiz. Tanlovda ham birinchi bo‘lib chiqishimiz bizga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi. Bunday tarixiy mavzeyda qo‘shiq kuylashning gashti boshqacha ekan. Peru xalqining bir nechta milliy qo‘shiqlarini ijro etdik. Tomoshabinlar katta qiziqish bilan karshi olishdi, – deydi Luz Katarine xonim.

Dastur davomida Rossiya, Gemaniya, Qirg‘iziston, Ispaniya, Mo‘g‘uliston, Portugaliya, Singapur, Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston vakillari, Gollandiya, Iroq, Turkiya kabi davlatlarining xalqaro “Mundis trio” jamoalari o‘z chikishlarini tomoshabinlarga havola qilishmoqda. Shuningdek, bu yilgi festivalda dunyoning 75 davlatidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etishmoqda. Samarqand davlat chet tillar institutidan 230 ga yaqin professor-o‘qituvchi, doktoront, magistrant hamda malakali talabalardan iborat tarjimon-volontyorlar jamoasi xorijlik mehmonlarga kuzatuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatishmoqda.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-08-30 06:25:00 96