2019-yilning 9-sentabr kuni Ispaniyaning Nebrixa universiteti prezidenti Xaoki Espalyargas Iberni boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar hamda institut rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kelgusida uni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Jumladan, endilikda turizmni rivojlantirishga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr hamda takliflar almashinildi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik Memorandumi imzolandi.
SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








