2019-yil 17-sentabr kuni Italiyaning Siena xorijliklar universiteti rektori proffessor Pietro Cataldi hamda ushbu universitetning rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Giulia Marcuccilar  Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishganligi to‘g‘risida oldingi xabarlarimizda sizlarga ma’lum qilgan edik.  

Italiyalik mehmonlar bir necha kun davomida Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlari, undagi mavjud kafedralar, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr-mulohazalar almashishdi.

20-sentabr kuni italiyalik mehmonlar hamda institut rektori I.M.Tuxtasinov, prorektor F.Sh.Ro‘ziqulov, Roman-german tillari fakulteti dekani B.Y.Primov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.N.Berdialiyevlar ishtirokida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. 

Ucharshuv davomida mavjud o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish borasida muzokaralar olib borildi. Uchrashuvdan so‘ng Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-09-20 14:10:00 95