O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining  bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga  O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.

Yurtimizdagi OTMlarning 205 nafar iqtidorli talabasi nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:

Navoiy davlat stipendiyasi – 66 nafar 
Beruniy davlat stipendiyasi – 61 nafar 
Ulug‘bek davlat stipendiyasi – 9 nafar 
Ibn Sino davlat stipendiyasi – 10 nafar 
Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi – 3 nafar 
Islom Karimov davlat stipendiyasi – 56 nafar 

Yuqoridagilar ichidan Samarqand davlat chet tillar instituti uchunchi boshqich talabalaridan Islom Karimov davlat stipendiyasiga Sitora Ibragimova, Navoiy davlat stipendiyasiga Mahliyo Absamadovalar sazovor bo‘lishdi. Ushbu talabalar institutda o‘qish jarayonida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda, respublika va viloyat miqiyosida o‘tkazilgan bir qancha tanlovlarda ham ishtirok etib,  ko‘plab g‘olibliklarni qo‘lga kiritishgan.  

Samarqand davlar chet tillar instituti

Islom Karimov davlat stipendiyasi sohibasi Sitora Ibragimovaning erishgan yutuqlari:

— Ilmiy izlanishlari: Metodika va uni turli yoshdagi insonlar orasida o‘qitishning innovatsion usullari
— Yoshlar ittifoqi stipendiyasi respublika bosqichi ishtirokchisi
— 25 dan ortiq xalqaro (AQSH, Angliya, Germaniya, Hindiston, Malayziya, Rossiya) va respublika doirasidagi konferensiya va jurnallarda maqolalar chop ettirgan.
— Tarjima asari: “Hayotning 101 qoidasi (who will cry when you die)” 
— Ingliz tilini o‘qitish doirasidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari:
1. English-Russian-Uzbek pictorial dictionary
2. Basic way to learn English
3. Agricultural dictionary ( qishloq xo‘jaligi sohasida)
4. The Glossary of Law terms( huquqiy izohli lug‘at )
5. Legal glossary (elektron darslik)
6. Alohomora ( 1200 essensial words)
— Nemis tili boshlang‘ich o‘rganuvchilari uchun “Art grundlegende zu lernen” o‘quv qo‘llanmalari muallifidir.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi Mahliyo Absamadovaning erishgan yutuqlari:

— Ilmiy izlanishlari: Qiyosiy tipologiya va uni turli innovatsion usullar bilan rivojlantirish bosqichlari
— Yoshlar ittifoqi stipendiyasi respublika bosqichi ishtirokchisi
— Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan 35%lik imtiyozni 2 marotaba qo‘lga kiritgan
— 20 dan ortiq xalqaro (AQSH, Angliya, Germaniya, Hindiston, Malayziya, Rossiya, Ispaniya va Fransiya ) va respublika doirasidagi 4ta konferensiya va jurnallarda chop etilgan maqolalar, shuningdek, “Zarafshon”, “Ulug‘bek vorislari” kabi gazetalardagi bir qancha publisistik maqolalar  muallifi.
— Tarjima asari: “Hayotning 101 qoidasi ( who will cry when you die)” 
— Ingliz tilini o‘qitish doirasidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari:
1.Basic way to learn English
2.We learn Zoology together 
3.Legal glossary (elektron darslik)
4. A1 B2 EXPRESSIONS
— “Sahnaga ko‘chgan badiiyat” nomli ijtimoiy-innovatsion lohiya  muallifi va patent sohibasi.

Share:
2019-09-29 08:00:00 93