Yaqin kunlarda Samarqandda bo‘lib o‘tgan yoshlar festivalida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro quyidagi 5 muhim tashabbusning 5 yo‘nalishi bo‘yicha bellashdilar.
– "Zakovat" intellektual o‘yini
– "Shaxmat-shashka"
– "IT competition"
– "Zukko kitobxon"
– "Tadbirkor ayol" ko‘rgazmalari
Mazkur 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar hakamlar tomonidan baholanib, festivalning yopilish marosimida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Festivalda 200 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Natijalarga ko‘ra Samarqand davlat chet tillar institutining faol hamda iqtidorli talabalari “Zakovat” intellektual o‘yinida 2-o‘rinni, “Shaxmat-shashka” o‘yinlarida 1 va 2-o‘rinlarni, “Zukko kitobxon” tanlovida 2-o‘rinni, “Tadbirkor ayol” ko‘rgazmasida 2 va 3-o‘rinlarni egallashdilar.
Institutimiz jamoasi hamda ma’muriyati nomidan talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz va faxrlanamiz.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








