Joriy yilda Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov Nurobod tumani Jom qishlog‘idagi 21-22 maktablarga tashrif buyurdi hamda maktablar rahbariyati vakillari, o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida F.Sh.Ro‘ziqulov maktab o‘qituvchilarga pedogogik hamda metodik tavsiyalar, shuningdek, zamonaviy o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Jumladan, umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan iborat;
– ta’lim berish mahorati;
– tarbiyalay olish mahorati;
– o‘quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiyat fazilatlari;
– ta’lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.

Ta’lim berish mahorati o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar va o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi bosh omillar bilan aniqlanadi;

– qo‘llab-quvvatlash va o‘quv jarayoni muhiti;
– pedagogning psixologik-pedagogik tayyorgarligi;
– fanni chuqur bilishi, kasbiy omilkorlik va eruditsiya;
– kompyuter texnologiyalarini bilish;
– kasbiy axborot manbalari sifatida chet tillardan birortasini bilish;
– yangi uslubiy va bilim manbalari sifatida ilmiy- uslubiy ishlarni olib borish;
– uzluksiz ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlarini bilish kabilar to'g'risida tavsiyalar berib o'tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-10-23 16:15:00 90