Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusiga asosan, FVB Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi o‘qituvchilari A. Turdiqulov A.Bozorboev va Qutqaruv otryadi xodim A. Turdiyev ishtirokida, 2019-yil 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-sonli “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarori, 13-oktabr “tabiiy ofatlar havfini kamaytirish kuni” hamda“Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish”, “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida qutqaruvchilik kasbi nufizini oshirish va hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining targ‘ibotini maqsadli tashkil etish bo‘yicha” qo‘shma rejaga asosan belgilangan mavzuda o‘quv seminari va davra suhbatlari o‘tkazildi.
O‘quv seminari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish” sohasidagi Farmon va Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi sohasiga oid Qonun va Qarorlari mazmun mohiyati o‘quv seminari ishtirokchilariga tushintirildi.
Shu bilan birga, “Zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari”, “Is gazidan ehtiyot bo‘ling!”, “Botulizm va ovqatdan zaharlanishni oldini olish” , “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish”, “Oliy ta’lim muassasi yotoqxonalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish va yong‘in sodir bo‘lganda bartaraf etish qoidalari” mavzularida maruzalar qilinib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain







