2019-yilning 12-noyabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Daejin universiteti xalqaro ta’lim va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbasari Hyunjun Yoon va universitetning koreys tilini o‘qitish markazining direktori Lim Chunvanlar tashrif buyurishdi hamda institut rahbariyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Uchrashuv davomida kelgusida bakalavr va magistr taʼlim bosqichlarida talabalar almashinuvini, shuningdek, professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, koreys tilining oʻqitilishini yanada yuksaltirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain






