Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisining ikkinchi kotibi diplomat Goo Gwangil boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi hamda tashrif davomida institut rahbariyatining vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
SamDCHTI filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili yo’nalishini rivojlantirish bo’yicha Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari, Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi va KOICA xalqaro ta’lim tashkiloti bilan ham samarali hamkorlik olib bormoqda.
Mazkur uchrashuvda kelgusida nafaqat koreys tilini o’qitish, balki turizm va maktabgacha ta’lim sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain






