Joriy yilning 13-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i hamda Ingliz tili-II fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi hamkorligida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 210 yilligi munosabati bilan “Ogahiy izdoshlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tantanali tarzda nishonlandi.
Unda Ingliz tili-II fakultetining 111-guruh (“Ogahiy izdoshlari” nomi bilan) hamda 115-guruh (“Jahon afruz” nomi bilan) talabalari quyidagi shartlar yuzasidan bellashdilar:
- Ogahiy hayotidan sahna ko‘rinishlari;
- Ogahiy g‘azallarini jonli tarzda qo‘shiq qilib kuylash;
- Ogahiy g‘azallari asosida bahru bayt
Natijalarga ko‘ra 111-guruh talabalari ya’ni “Ogahiy izdoshlari” jamoasi ham, 115-guruh talabalari ya’ni “Jahon afruz” jamoasi ham umumiy ballar hisobida 91 balni qo‘lga kiritishgan va do‘stlik g‘alaba qozongan.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain











