2019-yilning 17-dekbar kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Latviyaning Riga texnika universitetining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili Kseniya Doljenko xonim tashrif buyurdi va institut rahbariyati vakillari bilan ucharshuv o‘tkazdi.
Tashrif buyurgan mehmon Kseniya Doljenko xonim, SamDCHTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Ro‘ziqulov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyevlar uchrashuvda ishtirok etishdi.
Riga texnika universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, jumladan, 1+1 va 2+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish, o‘zaro professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini tashkil etish imkoniyatlari uchrashuv chog‘ida muhokama qilindi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




